Yangi Oʻzbekiston hozirgi zamon sivilizatsiyasi sharoitida jahon davlatchiligi ilgʻor tajribalari va bir necha ming yillik milliy davlatchiligimizning qadriyatga aylangan tamoyillari asosida yuzaga keldi. U jahon hamjamiyatida mustahkam mavqega, oʻz soʻzi va qatʼiyatli siyosiy xulosalariga ega davlat sifatida oʻzini koʻrsatdi.
Yangi Oʻzbekiston demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umumeʼtirof etilgan norma va prinsiplarga qatʼiy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan doʻstona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanayotgan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat boʻlgan davlatdir.
Yangi Oʻzbekistonni barpo qilish yoʻlida barcha sohalarda katta-katta marralarni koʻzlab, izchil islohotlar kechmoqda. Bu shunchaki oddiy gap yoki mubolagʻa emas. Qilinayotgan ishlarning samarasi har bir manzilda namoyon boʻlmoqda. Ayniqsa, hokimiyat vakillari tobora xalqqa yaqin boʻlib, ularning dardiga quloq tutib, oʻrganishlar olib borishi natijasida hududlar obodlikka, farovonlikka yuz tutmoqda.
YETTI USTUVOR YOʻNALISH ULARDA OʻZ AKSINI TOPGAN VAZIFALAR IJROSI XALQIMIZGA MUNOSIB HAYOT, JAMIYATIMIZGA ULKAN QANOT BAXSH ETADI
YETTI USTUVOR YOʻNALISH
ularda oʻz aksini topgan vazifalar
ijrosi xalqimizga munosib hayot, jamiyatimizga ulkan qanot baxsh etadi
/“Dunyo” AA/. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari Firdavs Halimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 1-2 mart kunlari amaliy safar bilan Malayziyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Kecha Malayziyada «O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasi markazi» mavzusidagi fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Kuala-Lumpurning markaziy ko‘chasida, mashhur «Petronas Twin Towers» egizak minoralari ro‘parasidagi katta ekranda O‘zbekistonga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etilayotir, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qoʻrquvsiz jamiyat kuch-qudrati erkin soʻz va ozod gʻoyalar bilan shakllanadi