2019-yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Toshkent xalqaro aeroportida tranzit bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jenis Qasimbek boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
2019-yil 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘oniston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayid Shahobuddin Timuriyni qabul qildi.
2019-yil 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mo‘g‘uliston Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Luvsan Battulguni (qarorgohi Ostona shahrida) qabul qildi.
2019-yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida MDH Iqtisodiy kengashining 81-majlisida ishtirok etadi.
Prezidentimiz Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatiga ham bordi.
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi, xususan baliqchilik tarmoqlarini jadal rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Baliqchilik xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, yangi inkubatsiya sexlarini tashkil etish, ozuqa bazasini mustahkamlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, baliq qayta ishlash va eksportga yoʻnaltirish tizimini takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda Prezidentimizning 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazkur ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim omil boʻlmoqda.
2019-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sunario Kartadinatuni qabul qildi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rim-katolik cherkovi rahbari Fransiskni Vatikan milliy bayrami – uning Muqaddas taxtga oʻtirgan kuni munosabati bilan tabrikladi.