YEVROPA DAVLATLARI KOMPANIYALARI O?ZBEKISTONGA SAYOHAT UYUSHTIRISH BO?YICHA TAQDIMOTLAR O?TKAZDI

22.01.2020 11:08

AMSTERDAM-LYuKSEMBURG, 22 yanvar. /«Dunyo» AA/. Niderlandiya va Lyuksemburgda o‘tgan sayyohlik yarmarkalarida O‘zbekistonga sayohat uyushtirish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 

Niderlandiyaning Utrext shahrida va Lyuksemburgdagi «LuxExpo» ko‘rgazmalar markazida tashkil etilgan an'anaviy ko‘rgazmalarda Niderlandiya, Germaniya va Bel'giya o‘ndan ortiq turkompaniyalari ayni yo‘nalishda ish olib bordi.

 

Yangi yilning boshlanishi Yevropada yirik sayyohlik yarmarkalariga boy bo‘ladi. Niderlandiya va Lyuksemburgda o‘tkazilgan tadbirlarda O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi diplomatik vakolatxonasi va mahalliy sayyohlik agentliklari tomonidan mamlakatimiz turistik salohiyati namoyish etildi.

 

Utrext shahrida «Vakantiebeurs - 2020» xalqaro sayyohlik yarmarkasida 90 dan ortiq mamlakatdan 1 150 ga yaqin milliy va xalqaro sayyohlik tashkiloti, aviakompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

 

Anjumanda mamlakatimizga sayohat uyushtirish bo‘yicha mezbon davlatning «Central Asia Reizen», «Sunita Travel», «VNC Asia Travel», «Fox Verre Reizen», «Djoser», «Dim Sum Reizen», «Koningaap», «Tiara Tours», «Sawadee» kabi yirik turistik kompaniyalari o‘z xizmatlarini taqdim etgani yevropaliklarning boy tarix va nodir madaniy meros ob'ektlariga ega yurtimizga sayohat qilish istagining ortib borayotganidan dalolat bo‘ldi.

 

Shuningdek, Lyuksemburgdagi «LuxExpo» ko‘rgazmalar markazida tashkil etilgan «Vakanz» an'anaviy ko‘rgazmasida ham mamlakatimiz turistik imkoniyatlari ishtirokchilar e'tiboriga taqdim etildi. Tadbir Bel'giya va Germaniyaning «Sensations Travel Designer» va «Ikarus Tours» sayyohlik firmalari tomonidan uyushtirildi.

 

Taqdimotlarda O‘zbekistonning zamonaviy rivojlanishi, boy tarixiy va madaniy merosi, shuningdek, sayyohlik imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi. Ishtirokchilar uchun turli yo‘nalishlarda, jumladan, ekologik, ziyorat, tibbiyot, qishki tog‘ turizmi va hordiq chiqarishning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar berildi.

 

Tadbir doirasida “Dunyo” AA muxbiri mehmonlar va ishtirokchilarning mamlakatimiz turistik salohiyati, ko‘rgazmalarda mamlakatimizga oid taqdimotlar haqidagi fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.

 

Nikolet GARRISEN, «Dominicus» nashrining kadrlar va reklama bo‘yicha direktori (Niderlandiya):

 

– Nashrimiz dunyo bo‘yicha turli mamlakatlar haqida turkum materiallar chop etib keladi. Bu yil O‘zbekistonning sayohlik salohiyatiga bag‘ishlangan yangi qo‘llanmani nashr etishni rejalashtirganmiz. Bugun Markaziy Osiyo mintaqasiga turistik turlar sezilarli ortgan. Buyuk ipak yo‘li markazi bo‘ylab sayyohatlar uyushtirayotgan Yevropa kompaniyalari sonining ortib borayotgani ham shundan dalolat. Ayni paytda O‘zbekiston haqida qo‘llanmalar tayyorlashga mutaxassislarni jalb qilganmiz. Sa'y-harakatlarimiz O‘zbekistonga sayohat qiladigan turistlar sonini oshirishga xizmat qilsa mamnun bo‘lamiz.

 

Yuliya BEKIROVA, “Canaan Travel” sayyohlik firmasi departamenti direktori (O‘zbekiston):

 

– Ko‘rgazmada mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini namoyish etdik. Stendlarda hududlarimiz tarixi, madaniy merosi namunalari haqida ma'lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston haqida atroflicha ma'lumotga ega qatnashchilar ham, bu haqida ilk bor eshitayotganlar ham bor edi. O‘zbekistonda bo‘lgan sayyohlar esa o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qator davlatlar fuqarolari uchun viza tartibining bekor qilingani va soddalashtirilgani O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar sonini sezilarli oshirishga xizmat qilmoqda, yurtimiz sayyohlik brendini keng targ‘ib etishga imkon yaratmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net