Yaponiyaning “SAQ” barabanchilar guruhi Toshkentda konsert berdi

01.11.2022 11:27

“Dunyo” AA/. Toshkentda “SAY” yapon barabanchilar guruhining Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan konserti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Konsert Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri ko‘magida tashkil etildi.

“SAY” - yaponiyalik vadayko barabanchilarining professional guruhi hisoblanadi. Ijodiy jamoa 2005 yilda universitet to‘garagi sifatida tashkil etilgan.  Truppa shu kunga qadar dunyoning 25 davlatida 2 mingdan ortiq konsert dasturlarini taqdim etgan.

Vadayko barabanlarining tarixi 1 ming 300 yildan ortiq. Ular Sinto va Budda ibodatxonalarida marosimlar va bayramlarda ishtirok etgan. Bugungi kunda esa ushbu sanʼat utri anʼanaviy kabuki teatrida, turli festivallarida taqdim etib kelinmoqda.

Bundan avval ham Toshkentda yapon barabanchilarining konserti tashkil etilgan. Xususan, 2016 yil avgust oyida poytaxtimizda  ushbu guruhning «Dram Tao» nomli konserti o‘tkazilgan va yaponiyalik sanʼat ustalari  ijrosidagi chiqishlar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan edi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net