Xorijdagi vatandoshlarimizning ko?plab takliflari inobatga olindi

31.08.2022 12:05

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan so‘ng Konstitutsiyaviy komissiya va mas’ul qo‘mitalar tomonidan maromiga yetkazilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma majlisida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasida faol ishtirok etgan xorijdagi vatandoshlarimizning takliflari ularning ishtirokida muhokama qilindi. 

Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan yig‘ilishda quyi palataning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov Konstitutsiyaviy islohotlar xalqimiz bilan maslahatlashilgan va jahondagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rgangan holda amalga oshirilganini qayd etdi. 



— Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi davomida xorijdagi vatandoshlarimizga ham o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini emin-erkin bildirishi uchun zarur sharoitlar, barcha qulayliklar yaratib berildi. Xorijdagi siyosiy doiralar va yetakchi ekspertlarga Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish bo‘yicha AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Polsha, Yaponiya, Koreya, Hindiston, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda konferensiya, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirlar nafaqat xorijlik yetakchi ekspertlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlardan xabardor qilish, balki u yerdagi vatandoshlarimizga qonun loyihasi yuzasidan taklif yo‘llash imkonini yaratdi. Muhokamalarda xorijdagi vatandoshlarimiz ham katta qiziqish bilan ishtirok etdi. Xususan, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya va boshqa davlatlardagi vatandoshlarimizdan yuzlab taklif, munosabatlar kelib tushdi va ularning aksariyati qonun loyihasida aks etdi, — dedi J.Shirinov. 

Shuningdek, yig‘ilishda qayd etildiki, mas’ul qo‘mitalar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha kelib tushayotgan taklif va mulohazalarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ko‘rib chiqyapti. 

Tadbirda so‘z olganlar qonun loyihasini takomillashtirishda xorijdagi vatandoshlarimizning ham takliflari e’tiborga olinganini, loyihada insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi xalqaro standartlar nazardan qoldirilmaganini, yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma’noda, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi bo‘lishini alohida qayd etdi.  

Yig‘ilishda hozirgi kunda kelib tushgan takliflar asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi maromiga yetkazilayotgani, loyiha matni tayyor bo‘lishi bilan u deputatlar muhokamasiga kiritilib, xalq vakillarining fikrini inobatga olgan holda referendumga qo‘yilishi ma’lum qilindi. 

M.Komilova, 
O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net