Xitoy Eksport-import bankining O'zbekistondagi qo'shma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga yetgan

24.01.2024 01:51

 /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi tadbirlar doirasida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulinni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, XXR Eksimbankiga 1994-yilda asos solingan. Aktivlari qiymati 800 milliard dollardan ortiq bo'lgan bank tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha Xitoyning yetakchi moliyaviy institutidir.

Uchrashuvda mamlakatimizdagi qo'shma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish hamda transport va ijtimoiy infratuzilma, sanoat va xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish borasidagi rejalari ko'rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net