XALQARO FESTIVAL MATBUOT MARKAZIDA XORIJLIK JURNALISTLAR

05.04.2019 15:56

Mamlakatimizda ilk marotaba o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini yoritish uchun 20dan ziyod davlatdan ommaviy axborot vositalari vakillari ham kelishgan. Ular Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy nomidagi axborot-resurs markazi binosida tashkil etilgan festival matbuot markazida bo‘lib, bu yerda jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O‘zA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

 O‘zbekiston zaminida shunday nufuzli anjumanga guvoh bo‘layotganimdan juda xursandman. Aeroportdan chiqqandayoq qadimiy Termiz shahridagi orastalik va tartib e’tiborimizni tortdi. 
Bu shahar ko‘p ming yillik tarix va boy madaniyatga ega ekani har qadamda seziladi. Odamlar chehrasidagi shodlik va mamnunlik katta musiqa anjumani bahona yurtingizga tashrif buyurgan kishilarda O‘zbekistondagi tinch-osoyishta hayot haqida taassurot uyg‘otadi. Festival o‘tadigan maydonni aylandik. Katta joyda mamlakatingizning turli hududlari o‘tmishi haqida hikoya qiluvchi etnografik shaharcha qad rostlabdi. Bu yerda bo‘lgan kishi o‘zbek xalqi hayoti qadimda qanday bo‘lgani, ajdodlaringiz qanday turmush kechirgani va boy urf-odatlarga amal qilgani haqida ma’lumot oladi. Bu yerda ko‘rganlarim haqida jurnalimizga maqola yozish uchun matbuot markaziga keldim. Bu yerda ham jurnalistlarga barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

DSC_6715.JPG

Konsomsak Miss KANITA, 
“Levelle Entertainment” telekompaniyasi xodimi (Tailand):

– Xalqingizning mehmondo‘stligidan hayratdaman. Bugun Termiz ota va Fayoztepa yodgorliklarini ziyorat qildik. Tarixiy maskanlardagi obodlik, fayz meni maftun etdi. O‘z ajdodlarini qadrlagan xalqning kelajagi ham buyuk bo‘lishini Termizdagi yodgorliklar so‘zlab turibdi. 
Xalqingiz mehnatsevarligi bilan o‘z kelajagini bunyod etayotganiga guvoh bo‘ldik. Tailandliklar O‘zbekiston haqida biladi, lekin uning o‘tmishidan ko‘p ham xabardor emas. Talabalik davrimda yurtingiz haqida o‘qiganlarimni bugun o‘z ko‘zim bilan ko‘rib hayratda qoldim. Hissiyotlarim cheksiz.

Xalqaro baxshichilik san’ati festivali haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorlab, tailandliklarga namoyish etish niyatidamiz. Bu ularning xalqingiz tarixi va madaniyati haqidagi tasavvurini boyitishga hissa qo‘shadi degan niyatdamane.

DSC_6345.JPG

Mauro BRANDO, 
jurnalist, musiqashunos (Italiya):

– Baxshichilik – xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi. Bunday festivallarda nafaqat mamlakatlar va mintaqalar, balki butun dunyo xalqlari uchun juda qadrli an’analar tarannum etiladi. Italiyadan ushbu festival doirasidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada jurnalist va musiqashunos sifatida ishtirok etish uchun keldim. Anjumanga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rilgan. Ushbu festival orqali o‘zbek xalqining noyob madaniyati va boy an’analari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz. Qadimiy san’atingizga qaratilayotgan e’tibor tufayli baxshichilik navqiron san’atga aylanib borayotganiga guvoh bo‘ldim.

DSC_6719.JPG

Morgano MONTERRO,
“ABrasOFFA” nodavlat tashkiloti vakili (Braziliya):

– O‘zbekistonga birinchi kelishim. Kecha Toshkentning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilib, bugun Termizga keldik. Tashkilotimiz media materiallar tayyorlab, internet nashrlar va gazetalarga tarqatadi. Bu yerga kelishdan maqsadimiz baxshichilik san’ati va yurtingizning turizm salohiyati haqida turkum materiallar tayyorlash. Baxshichilik haqida internet saytlaridan o‘qib ma’lumotga ega bo‘ldim. Braziliyada ham shunga o‘xshash san’at turi bor, u ham jonli ijro etiladi. Festival ishiga omad tilayman.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net