WADA Oʻzbekiston antidoping agentligi faoliyatini yuqori baholadi

19.12.2023 10:23

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) 2023-yil dekabr oyidagi yillik hisobotida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi dunyoning 206 davlati orasida eng kuchli guruhdan oʻrin oldi.

WADA tomonidan 206 ta davlatdagi Milliy antidoping tashkilotlarining faoliyati 4 guruhga (1-guruh yuqori, 2-guruh yaxshi, 3-guruh qoniqarli va 4-guruh qoniqarsiz) boʻlingan holda baholab boriladi. Shuni aytish joizki, Oʻzbekiston antidoping sohasida yosh mamlakat boʻlishiga qaramay 1-guruh, yaʼni faoliyati yuzasidan yuqori natijalar qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bu guruhdan MDH mamlakatlari orasida Oʻzbekiston, Belarus, Rossiya va Qozogʻiston joy olgan boʻlsa, Ozarbayjon, Armaniston, Qirgʻiziston 2-guruhdan, Tojikiston, Turkmaniston va Moldova esa 3-guruhdan oʻrin oldi.

Butunjahon antidoping agentligi Kodeksi talablarini oʻz vaqtida bajarish, yaʼni sportchi, shifokor va murabbiylarni antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish, doping sinamasidan oʻtish hamda Xalqaro toifadagi doping ofitseri va surishtiruv-ofitserlari mavjudligi va eng asosiysi muvofiqlik darajasi berilishiga qarab guruhlar boʻlinadi.

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi Butunjahon antidoping Kodeksining muvofiqlik nazoratidan 2023-yil II choragida muvaffaqiyatli oʻtgan Milliy antidoping agentligi hisoblanadi.

Taʼkidlash kerakki, Butunjahon antidoping agentligi tomonidan nomuvofiq deb topilgan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllaniladi. Canksiyalar Kodeks talablariga toʻliq, qisman yoki umuman mos kelmaslik turlariga qarab farq qiladi. Misol uchun, mamlakat nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaslik, ishtirok etgan taqdirda mamlakat bayrogʻi koʻtarilmasligi kabi jazo turlari mavjud.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net