Vengriyaning “OTP” banki O?zbekiston bank jabhasiga kirib kelmoqda

02.02.2023 09:50

/“Dunyo” AA/. Bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Budapesht shahrida mamlakatdagi “OTP” banki Bosh ijrochi direktori o‘rinbosari, O‘zbekiston - Vengriya Ishbilarmonlar kengashining Vengriya tomonidan hamraisi Laslo Volf bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Laslo Volf O‘zbekistonning “Ipoteka-banki” “OTP” bank tomonidan xususiylashtirilishi ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini bildirdi. Uning fikricha, Vengriya bankining O‘zbekiston bank-moliya jabhasiga kirib borishi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro investitsiyaviy va savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu nafaqat Vengriya, balki “OTP” banki xizmat ko‘rsatuvchi Yevropaning boshqa yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishga ham imkon beradi.

Vengriya banki O‘zbekistondagi ilk qadamlari sifatida yangi innovatsiya loyihalarini amalga oshirish, xususan, bank xizmatlarini raqamlashtirishga eʼtibor qaratishi hamda O‘zbekiston aholisining katta qismini yoshlar tashkil etishini inobatga olib, yoshlarga mo‘ljallangan bank mahsuloti va xizmatlarini joriy etishi rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.

Hozirgi paytda joriy yil Budapesht shahrida “OTP” bankning yirik mijozlari, Yevropaning yetakchi kompaniyalari uchun O‘zbekistonga bag‘ishlangan katta konferensiya tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Bo‘lajak tadbirda O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiya salohiyati namoyish etilib, respublikaga “OTP” bank bilan hamkorlikda sarmoya kiritishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net