Vatanimiz va xalqimiz farovon hayoti uchun mustahkam poydevor

11.03.2023 18:16

Vatanimiz va xalqimiz farovon hayoti uchun mustahkam poydevor

Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi oʻz ishini davom ettirdi. Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha referendum oʻtkazish haqidagi masala atroflicha koʻrib chiqildi.

Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ­ishlab chiqishda eng yaxshi takliflarni ilgari surgan faol fuqarolar ham ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, kuni kecha boʻlib oʻtgan majlisda qonun loyihasini moddama-modda koʻrib chiqish jarayonida deputatlar tomonidan uni yanada takomillashtirishga doir bir qator takliflar, fikr-mulohazalar berilgan edi. Masʼul qoʻmitalar har bir taklifni sinchiklab, chuqur tahlil qilib, ularning aksariyatini loyiha matnida aks ­ettirdi.

Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining oʻtish qoi­dalari moddama-modda muhokama qilindi.

Mazkur qoidalar bilan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning kuchga kirish muddatlari va tartibi batafsil belgilangan.

Majlisda berilgan takliflar asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi normalar takomillashtirilib, maromiga yetkazilgani aytildi hamda ushbu jarayonda faol ishtirok etgan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari hamda deputatlarga minnatdorlik bildirildi.

Soʻz olganlar konstitutsiyaviy islohot fuqarolarimizning fikri va qoʻllab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirilishini tom maʼnoda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi — haqiqiy xalq Konstitutsiyasi qabul qilinishi sifatida alohida eʼtirof etishdi.

Deputatlar tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha referendum sanasini 2023-yil 30-aprel deb belgilash hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining referendumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining xulosasini olish toʻgʻrisidagi masala ham qoʻllab-quvvatlandi.

Yangilangan Konstitutsiya ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi va hayotning barcha sohacini liberallashtirishda muhim omil boʻlishi hamda yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishi qayd etildi.

Majlis yakunida deputatlar tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi qaror qabul qilindi.

Qonunchilik palatasi majlisida, shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqishda eng yaxshi takliflarni ilgari surgan fuqarolarga minnatdorlik bildirildi.

Oliy Majlis

Qonunchilik palatasi

Parlament axborot markazi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net