VASHINGTONDAGI UCHRASHUV TO?G?RISIDA

21.01.2019 17:50

2019-yilning 18-yanvar kuni O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining xorijdagi diplomatik missiyalari rahbarlari majlisida ishtirok etish uchun Vashington shahriga kelgan AQShning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Alan Meltser bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fevral oyida o‘tkaziladigan siyosiy maslahatlashuvlarning kun tartibi, muddati va darajasi masalalarining O‘zbekiston va AQSh diplomatik missiyalariga bog‘liq jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

 O‘zbekiston va AQSh diplomatik missiyalarining konsullik xizmatlari orqali ikki mamlakat fuqarolariga yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net