TURKIYADA CHAMLIJA MASJIDINING OCHILISH MAROSIMIDA O?ZBEKISTON DELEGATSIYASI ISHTIROK ETDI

07.05.2019 17:57

Istanbul shahrida Chamlija masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Prezidenti R.Erdog‘anning taklifiga binoan 21 davlatdan kelgan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.Qosimov mamlakatimiz delegatsiyasiga boshchilik qildi.

Marosim yangi masjidda duo va salavotlar o‘qish bilan boshlandi. Mehmonlar Turkiya Prezidenti R.Erdog‘an bilan hamrohlikda masjid ichida maxsus ajratilgan ayvonda namoz o‘qidi, so‘ngra yangi masjid bilan tanishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Turkiya Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomlarini va masjid ochilishi munosabati bilan yo‘llagan tabrigini yetkazdi. Bunga javoban R.Erdog‘an O‘zbekiston Prezidentiga tadbirlarda ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegatsiyasini yuborgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir doirasida yuqori martabali mehmonlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro hayotning dolzarb masalalari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.

Ma’lumot uchun: Chamlija masjidi ming o‘rinlik anjumanlar zali, 11 ming kvadrat metrlik maydondan iborat muzey, san’at galereyasi va ustaxonasi hamda kutubxonaga ega. Masjidning ichki va tashqi maydonlarida 55 ming nafarga yaqin odam ibodat qilishi uchun imkoniyat yaratilgan.

Masjidda iymonning 6 ustunini eslatuvchi 6 ta minora qad rostlagan. 16 ta panjarali ayvon qadimda tashkil topgan turkiy davlatlar sonini va 72 metr balandlikdagi asosiy gumbaz Istanbulda yashayotgan 72 millatni anglatadi. Asosiy gumbazning diametri 34 metr bo‘lib, bu Istanbul shahrining indeks raqami va masjiddagi qolgan besh gumbaz islom dinining 5 farziga ishora ramzini olgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net