Turizm ko‘chalari ko‘paytiriladi

25.01.2025 04:41

Mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirishda turizmning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Shu nuqtai nazardan ham Namangan viloyatida turizm salohiyatini yanada yaxshilash maqsadida bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyatning asosiy turizm manzillaridan sanalgan Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Pop, Kosonsoy va Chust tumanlarida aholi hamda sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etish bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqilmoqda. Namangan viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G‘ofurjon Jamolov rahbarligida sohaning tegishli mutasaddilari, shahar, tuman hokimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mazkur loyihalar atroflicha muhokama qilindi.  

Yig‘ilishda Kosonsoy tumanidagi “Olmazor” massivi, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Qayroqi mahallasi, Chortoq tumanidagi Chortoqsoy qirg‘oq bo‘yi, Chust tumanidagi “Rezaksoy” suv ombori hamda Pop tumanidagi Chodak hududlarida amalga oshiriladigan turizm yo‘nalishidagi master rejalar ko‘rib chiqildi. Ushbu tumanlarda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ishga tushirilayotgan loyihalarga o‘xshash aholi dam olish maskanlari va turistik majmualarni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash vazifasi yuklatildi.  

Qolaversa, “O‘zbekiston Shveysariyasi”, deya e’tirof etiladigan Chortoq tumani hududida 10 ta sog‘lomlashtirish sihatgohi va mehmonxona barpo qilish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi hamda Xitoy Xalq Respublikasidan investorlarni jalb qilish jarayonlari muhokama qilinib, tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.  

Bundan tashqari, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Pop, Kosonsoy va Chust tumanlarining har biriga kamida 50 million dollardan investitsiyalarni jalb qilish “paketi”ni shakllantirib, tarmoq jadvallarini ishlab chiqish, Namangan shahrida “24/7” turizm ko‘chasi hamda viloyatning har bir tumanida kamida bittadan gastro va xizmat ko‘rsatish ko‘chalari tashkil etish borasida ko‘rsatmalar berildi.  

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net