Toshkentda YUNESKOning mintaqaviy markazi ochiladi

15.11.2022 10:50

“Dunyo” AA/. Toshkentda o‘tayotgan Kichik yoshdagi bolalarga tarbiya va taʼlim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan BMT tizimidagi ushbu nufuzli institut o‘rtasidagi konstruktiv va samarali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Sermahsul sheriklikning bugungi darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakat dasturi va qabul qilingan «yo‘l xaritasi»ga muvofiq qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz ilk bor Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish xalqaro qo‘mitasining aʼzosi etib saylandi. Baxshichilik sanʼati va Lazgi raqsi nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi.

O‘zbekistonda tarixiy meros obyektlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi faoliyati va Mintaqaviy gumanitar hamkorlik bo‘yicha «Xiva jarayoni» yo‘lga qo‘yildi.

YUNESKO, shuningdek, mamlakatimizning qishloq joylarida professional taʼlim tizimini rivojlantirishga texnik ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Uchrashuvda Odri Azule O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bolalarga tarbiya va taʼlim berish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi hamda ular, xalqaro miqyosda solishtirilganda, eng samarali bo‘layotganini taʼkidladi.

Bosh direktor maktabgacha taʼlimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan Toshkent xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

Yangi Mamlakat dasturini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Toshkent shahrida YUNESKOning mintaqaviy markazini ochishga, shuningdek, samarali hamkorlik doirasida qo‘shma tashabbus va ilg‘or loyihalarni ilgari surish bo‘yicha yangilangan «yo‘l xaritasi»ni tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net