Toshkentda xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa'y-harakatlarini ifodalovchi monument ochildi

19.12.2023 03:43

/"Dunyo" AA/. Bugun «Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa'y-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tantanali marosimda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.

 

Tadbirda BMT Bosh kotibining yordamchisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari ham qatnashdi.

 

Kafti ochiq qo'l ko'rinishida metalldan ishlangan ushbu o'n ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net