Toshkentda Karate WKF bo?yicha Osiyo chempionati davom etmoqda

19.12.2022 09:40

/“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda  karate WKF bo‘yicha  Osiyo chempionati bo‘lib o‘tayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Kecha qitʼa chempionatining kattalar o‘rtasidagi kumite yakka bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

 Qiziqarli kechgan janglarda O‘zbekiston terma jamoasi vakilllari Sadriddin Saymatov (-67 kg) va  G‘ofurjon Zohidov (+84 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Bugun musobaqa doirasida jamoaviy yo‘nalishdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakilalari Eron, erkaklar terma jamoamiz esa Malayziya vakillariga qarshi jang  tatamisiga chiqishadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net