TOJIKISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV

05.03.2019 14:45

2019-yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Tojikiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining ikki tomonlama uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

 2019-yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlarning, jumladan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi kun tartiblari va o‘tkazilish muddatlari borasidagi takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net