TIVda O?zbekiston va Latviya kun tartibining dolzarb masalalari ko?rib chiqildi

15.10.2022 18:23

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Latviya elchisi Reynis Troksha bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashildi, shuningdek, Latviya tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevichning joriy yil 8-10 fevral kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan «Yo‘l xaritasi» bandlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy muloqotni, xususan, yuqori darajadagi aloqalarni yana-da rivojlantirish va parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash zarurligini qayd etdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy yo‘nalishi sifatida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net