TIVda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning YEXHTdagi doimiy vakillari bilan uchrashuv bo?lib o?tdi

09.11.2022 15:09

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan AQSH (M.Karpenter), Buyuk Britaniya (N.Bush), Germaniya (G.Broytigam) va Fransiyaning (K.Fajes) YEXHTdagi doimiy vakillari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va YEXHT o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari, Tashkilotning respublikadagi loyihaviy faoliyatini yana-da faollashtirish yo‘llari muhokama qilindi.

Tomonlar YEXHT institutlari bilan Tashkilot faoliyatining barcha uch yo‘nalishi bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni jalb etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va Orolning qurish oqibatlarini yumshatish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha YEXHT doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xorijiy delegatsiyaga 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Muloqot chog‘ida mintaqaviy va global kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net