TASHQI ISHLAR VAZIRLIGINING KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

28.02.2019 16:24

Ijtimoiy tarmoqlarda va ba’zi OAV tomonidan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Koreya Respublikasining klinikalaridan birida og‘ir ahvolda bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalishi munosabati bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasi doimiy nazorati ostida ekanligini ma’lum qiladi.

Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va o‘tgan yilning yozida komaga tushib shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, u yerda hozirga qadar malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 Davolash tadbirlari doirasida shifoxona tomonidan O‘zbekistondan Oqilovning akasi Azizjon taklif qilingan va unga bemor bilan bir palatada qolish ruxsati berilgan.

 O‘zbekiston Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Abram Oqilov ishlagan kompaniyaga nisbatan ishchi mehnati muhofazasini ta’minlash qoidalariga rioya qilinganli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

 Elchixonaning konsullik xodimlari mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish maqsadida vatandoshimiz davolanayotgan joyga bir necha bor tashrif buyurdilar va doimiy aloqada bo‘lib turibdilar.

 Shu bilan birga, Janubiy Koreya idoralari tomonidan klinikaning tibbiy xodimlari shikoyati asosida noqonuniy xatti-harakatlari qayd etilgan bemorning akasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net