TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA YIG?ILISH O?TKAZILDI

26.03.2019 09:49

2019-yilning 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha xorijdagi O‘zbekiston vakolatxonalarining 2019-yil birinchi choragidagi faoliyati dastlabki natijalari va ikkinchi choragi uchun topshiriqlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev ishtirok etdi

Videoaloqa orqali chet eldagi O‘zbekiston elchixonalari va konsulxonalari rahbarlarining biriktirilgan mintaqalar kesimida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va davlatimiz rahbarining mamlakat hududlariga tashrifi chog‘ida bergan ko‘rsatmalarini bajarish bo‘yicha hisobоtlari tinglandi.

Investitsiya loyihalari bajarilishini tezlashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha 20-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilish chog‘ida berilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmalariga muvofiq Tashqi ishlar vazirligida xorijdagi vakolatxonalarning dastlabki uch oydagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ikkinchi chorak uchun aniq maqsadlar belgilandi, shuningdek, ushbu sohada idoralararo faoliyatni muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net