TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA UCHRASHUV

12.03.2019 15:09

2019-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Jeneva shahridagi Doimiy vakili, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh rahbari Ji-ah Paik bilan uchrashdi.

Bo‘lib o‘tgan batafsil suhbat chog‘ida mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonini qayta yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar va Ji-ah Paik boshqarayotgan Ishchi guruh bilan hamkorlik qilishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Hozirgi vaqtda JST 164 ta mamlakatni va jahon savdosi umumiy hajmining 98%ini birlashtirib, davlatlar o‘rtasidagi global savdo qoidalarini tartibiga soluvchi asosiy xalqaro organ hisoblanadi. O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lish uchun 1994-yilda ariza bergan, biroq muzokaralar jarayoni amalda to‘xtatib qo‘yilgandi.

Uchrashuv chog‘ida Ilhom Ne’matov ta’kidlaganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Rivojlanish strategiyasi mamlakat iqtisodiyotini yangi, innovatsion va industrial rivojlanish darajagasiga olib chiqishda eng muhim rolni o‘ynaydi. O‘zbekistonning JSTga kirishi jarayoni faol fazasining qayta yo‘lga qo‘yilishi mamlakat hayotning turli jabhalarida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanishi qayd etildi.

O‘zbekiston Koreya Respublikasi bilan JSTga qo‘shilish jarayonida ko‘maklashish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolagan bo‘lib, Ji-ah Paik Janubiy Koreyaning mazkur yo‘nalishda birgalikda ishlashga tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Zafar Yuldashkulov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net