Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo?lib o?tdi

16.11.2022 11:30

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi parlament davlat kotibi Nils Annen bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashdan ikki mamlakat manfaatdorligi taʼkidlandi. O‘zbekiston va Germaniya qonun chiqaruvchi organlari faoliyatini faollashtirish maqsadida tajriba va ilg‘or amaliyot almashuvi muhimligi qayd etildi. Bundestagning “Germaniya – Markaziy Osiyo” va Oliy Majlis palatalarining Bundestag bilan hamkorlik bo‘yicha deputatlik guruhlari faoliyatiga yuksak baho berildi.

Iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining “GSP+” benefitsiar maqomi berilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasini diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Germaniyaning ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim sohasidagi tajribasi hisobga olinib, bu boradagi aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Anvara Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net