Tashqi ishlar vazirligi OAVda O?zbekistonga oid noto?g?ri maʼlumotlar tarqatilishiga yo?l qo?yilmaslik haqida

10.11.2022 15:12

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning mamlakatimizdagi elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, elchiga Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.

Ukraina tomonidan OAVda O‘zbekistonga oid noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy so‘rovlari kelib tushgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni o‘rganish va xolis maʼlumot berishga tayyor.

O‘z navbatida, elchi Nikolay Doroshenko O‘zbekiston tomonining xavotirlari va uchrashuv natijalarini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan yetkazishini ishonch bilan bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net