“Tashkent law spring” III Xalqaro yuridik forumi Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi eng muhim tadbirlardan biridir.

13.02.2023 10:12

“Tashkent law spring” III Xalqaro yuridik forumi Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi eng muhim tadbirlardan biridir.

Forum haqida

“Tashkent law spring” III Xalqaro yuridik forumi Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi eng muhim tadbirlardan biridir.

Forum O‘zbekiston Adliya vazirligi tashabbusi bilan har ikki yilda bir marta tashkil etiladi.

2023-yilda Forum 11-12 may kunlari oflayn formatda o‘tkaziladi.

Forum ilk bor Samarqand shahrida zamonaviy infratuzilma, jumladan, yangi aeroport, kongress-xoll, mehmonxonalar, Samarqand xalqaro sayyohlik markazi va “Boqiy shahar” etnoshahri negizida o‘tkaziladi.

Buyuk davlat arbobi va olim Mirzo Ulug‘bek o‘zining “Ziji jadidi ko‘ragoniy” (“Ko‘ragoniyning yangi astronomik jadvali”) asarini aynan Forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Mangu shahar” osmoni ostida zamonamizning fundamental huquqlari masalalari muhokama qilinadi.

Forumning asosiy mavzusi Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar sifatida”.

Biz XXI asrda sivilizatsiya asoslari o‘zgarganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Texnologiyalar taraqqiyoti zamirida siyosat, huquq, axloq va madaniyat davomiy o‘zgarishga yuz tutmoqda.

Insoniyat zamonaviy voqelikka moslashmoqda.

Shu munosabat bilan fundamental huquqlar o‘zining mumtoz ma’nosini saqlagan holda, albatta, eng oliy qadriyat, turli masalalarda o‘ziga xos asosiy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, vaqt o‘tishi sayin, kundalik hayotda asosiy huquqlarning namoyon bo‘lishi o‘zgarib, yangicha qarash va turlar bilan to‘ldirilmoqda.

Bu kabi jadallik va o‘zgaruvchan voqelik zamirida, huquq va huquqni muhofaza qilish tizimi holatga moslashishishi uchun vaqt talab etiladi.

Amaliyot nazariyadan oldinda yuradi. Bu esa qonunning doimiy o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishini ta’minlashda yuridik ekspert va ilmiy hamjamiyatlarning kelishilgan harakatlarini talab qiladi.

Qonunchilikni oldindan bashorat qilish umumiy insoniyat kelajagi yuzasidan yagona qarashlar mavjud emasligi sababli bir muncha qiyin sanaladi.

Shu munosabat bilan, qonun chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarda bazan xato va kamchiliklar uchrab turadi.

Xatarlarni kamaytirish maqsadida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga tayangan holda, texnologik hamda huquqiy o‘zgarishlar jadal suratda yuz berayotgan mamlakatlar tajribasiga alohida e’tibor qaratish muhimdir.

Forumning maqsadi xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendentsiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma yaratishdan iborat.

Forum ishtirokchilari zamonamizning dolzarb huquqiy masalalarini muhokamasida qatnashish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda ularni maqbul hal etish yuzasidan fikr almashish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O‘zbekiston va jahon miqyosida ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.

Forum doirasida ilg‘or xalqaro hamda xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘rganish qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha turli g‘oyalarni ko‘rib chiqish imkonini beradi.

Natijada Forum tashkilotchilari jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy siyosatni izchil takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni rejalashtirgan.

O‘z navbatida, Forumning xalqaro va xorijiy ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida xolis ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Forum anʼanaviy tarzda xorijiy hamkorlar bilan xalqaro huquqiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash uchun platforma vazifasini oʻtaydi.

Forum ishtirokchilari qiziqarli tadbirlarda, jumladan, muhokama sessiyalari, davra suhbatlari, mahorat darslari, xalqaro va milliy ekspertlarning taqdimotlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Forum doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar mavzulari:

– O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda sarmoyaviy va tijorat arbitrajining tendentsiyalari;

– samarali davlat boshqaruvi uchun maʼmuriy islohotlarni qayta boshlash;

– raqobatbardosh huquq tizimi norma ijodkorligini modernizatsiya qilishning asosiy qadriyati sifatida;

– fuqarolik kodeksi: yangilanish yo‘li;

– bepul yuridik yordam: kelajakka qarash;

– raqamli davrda notariuslar;

– sud ekspertizasi rivojlanishining hozirgi tendentsiyalari;

– raqamli avlod uchun huquqiy ta’limning yangi qarashlari va istiqbollari;

– davlat xizmatlari elektron hukumatning asosiy natijasi sifatida;

– intellektual mulk ekotizimi innovatsiyalarga ijobiy munosabatni shakllantirish vositasi sifatida;

– shuningdek, zamonaviy huquqshunoslikning boshqa dolzarb masalalari.

Forum tadbirlari oʻzbek, ingliz va rus tillarida oʻtkaziladi.

📞 +998-71-268-28-43
✉️ info@tashkentlawspring.uz / tashkentlawspring@gmail.com / registration@tashkentlawspring.uz
🌐 www.tashkentlawspring.uz

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net