Sport: Bonu oltin, Shuhratbek kumush medaliga ega chiqdi

13.01.2025 08:43

Gruziyaning Tbilisi shahrida karate WKF bo‘yicha jahon reyting ballarini beruvchi “ A” cyeriyasi tasnifida o‘tayotgan musobaqada vakillarimiz oltin va kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa doirasida Bonu Egamberdiyeva -68 kg. vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shuhratbek Namozov (-84 kg.) finalga qadar o‘tgan janglarda zafar quchib, kumush medal sohibiga aylandi.  

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ayollar o‘rtasida -55 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda terma jamoamiz a’zosi Sevinch Rahimova karatening kumite yo‘nalishida kumush medali bilan taqdirlangan edi.  

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net