
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqaning yarim final bahsida terma jamoamiz a’zosi Musa Aymuratov o‘z jamoadoshi Alpamis Urakboyevni 15:14 hisobida yengib, finalga yo‘l oldi. Qiziqarlisi shundaki, final bahsi ham ikki vakilimiz o‘rtasida kechdi. Oltin medal uchun o‘tgan bellashuvda Musa boshqa bir qilichbozimiz Sardor Abdukarimbekovni taslim qildi.
Shu tariqa, ushbu jahon kubogi bosqichining oltin medali M.Aymuratovga nasib etgan bo‘lsa, S.Abdukarimbekov kumush, A.Urakbayev bronza medali bilan taqdirlandi. Endi ushbu muvaffaqiyatga erishgan sportchilarimiz jamoaviy bellashuvlarda ham o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.