O?zbekistonlik yosh stol tennischi Fransiyadagi xalqaro musobaqada bronza medalini qo?lga kiritdi

24.01.2023 16:39

/“Dunyo” AA/. Fransiyada stol tennisi bo‘yicha «ITTF World Hopes Week & Challenge 2023» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik yosh sportchi Arujan Kamalova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan Arujan chorak finalda mezbon sportchini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda tailandlik sportchiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa eronlik sportchidan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ushbu natijasi bilan hamyurtimiz musobaqaning mart oyida Singapurda o‘tadigan navbatdagi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net