O?zbekistonlik yakka kurash ustalari Italiyada o?tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashdi

06.11.2022 11:36

“Dunyo” AA/. Rim shahrida “Xtreme Fighters World Championship” yakka kurash turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Xtreme Fighters World Championship” jahon chempionati har yili oktyabr oyida Rim shahrida uyushtiriladi. Unda qatnashish uchun dunyoning turli hududlaridan, jumladan Yevropa, Amerika, Afrika mamlakatlaridan sportchilar kelib, boks, yakka kurash (greppling), kik-boksing kabi kurashning qator turlari bo‘yicha bellashadi.

Navbatdagi turnirda ishtirok etish uchun kelgan 30 dan ortiq davlat vakillari orasida 4 ta kurashchi va 3 ta murabbiydan tashkil togan O‘zbekiston universal jang federatsiyasi jamoasi ham bor edi.

Kurashning greppling turi bo‘yicha musobaqada Muhammad Muhammadov (80 kg) va Jamol Amonov (75 kg) birinchi, Otabek Muhammadov (70 kg) ikkinchi 2-o‘rinni (kumush) qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Abduboriy Abduhamitov (14 yosh) kik-boksing bo‘yicha bellashuvlarda chempion bo‘ldi.

O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasida mamlakatimiz sportchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Diplomatiya missiyasi rahbari Otabek Akbarov sportchilarimizni jahon chempionatidagi muvaffaqiyat bilan tabrikladi va kelgusi musobaqalarda ham yuksak natijalar tiladi.  

O‘zbekiston universal jang federatsiyasi prezidenti Yashnarbek Zokirbekovning o‘zbekistonlik sportchilarning musobaqaga tayyorgarlik darajasi va erishgan natijalari chempionat tashkilotchilarida katta taassurot qoldirganini taʼkidladi. Chempionatda erishilgan yuqori natijalar O‘zbekistonning kurash sporti turlaridagi ulkan salohiyatining yorqin ifodasi, deb baholangani qayd etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net