O?zbekistonlik konkurchi BAAda o?tkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi o?rinni egalladi

16.01.2023 10:29

/“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik konkurchi (Ot sportidagi to‘siqlardan sakrash) Abdurahmon Abdullayev xalqaro musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

Miliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida konkur bo‘yicha CSI*2 tasnifidagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

 Quvonarlisi, unda ishtirok etgan yurtdoshimiz Abdurahmon Abdullayev balandligi 145 smdan iborat to‘siqdan sakrash dasturida ikkinchi natijani ko‘rsatib,  kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Oltin Gran-pri maqomidagi mazkur yo‘nalishda hamyurtimizga “Caballone” laqabli oti hamrohlik qildi. O‘zbekiston vakili faqatgina germaniyalik Devid Uillga imkoniyatni boy berdi. Kuchli uchlikni mezbonlar vakili Salim Al-Suvaydi yakunladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net