O?zbekistonlik chavandoz BAA o?tkazilgan xalqaro musobaqada oltin medalni qo?lga kiritdi

31.12.2022 11:44

/“Dunyo” AA/. BAAning Al-Ayn shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI3* xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  Dunyo AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo‘mitasidan olingan maʼlumotga ko‘ra, mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev 4-klass toifasida 2 fazali to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida g‘alaba qozondi.

“Quintair” laqabli otda harakat qilgan hamyurtimiz mashqni 31,7 soniyada bajarishga erishdi.

Ushbu yo‘nalishda ikkinchi o‘rin mezbon sportchi Salim Al Suvaydiga («Diamond way») nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni avstriyalik Gerfirid Puk («Equitron melody») egalladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net