O?zbekiston vakillari Abu-Dabi shahrida o?tkazilgan jiu-jitsu bo?yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

09.11.2022 15:19

“Dunyo” AA/. 29-oktyabr - 8-noyabr kunlari Abu-Dabi shahrida sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

BAAdagi elchixonamizdan maʼlum qilishlaricha, ushbu chempionatda 51 davlatdan 3 mingga yaqin sportchilar qatnashdi. Yoshlar, o‘smirlar, kattalar va parasportchilar turli vazn toifalarida bahslashdi. Mamlakatimizda endi rivojlanib kelayotgan mazkur sport turidan sportchilarimiz 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Chempionatda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni BAA terma jamoasi egalladi. Ushbu mamlakatda jiu-jitsuni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, mazkur sport turini keng targ‘ib qilish ishlari yo‘lga qo‘ylgan.

Chempionat doirasida O‘zbekiston va BAA jiu-jitsu federatsiyalari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatda sportchilar uchun qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil qilish, hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini o‘tkazish va boshqa tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net