O?ZBEKISTON VA ERON YOSHLAR TERMA JAMOALARI O?RTASIDAGI BAHS DURANG BILAN YAKUNLANDI

09.01.2020 09:27

TOShKENT, 9 yanvar. /“Dunyo” AA/. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-23) a'zolari Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining ilk o‘yinini eronlik tengdoshlariga qarshi o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Futbolchilarimizning dastlabki o‘yinida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. 

O‘yinning 40-daqiqasida Islomjon Qobilov 11 metrlik jarima to‘pini aniq nishonga urdi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida (57-daqiqa) raqib futbolchi Rizo Dehqoni hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 

XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi mazkur musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “C” guruhida Eron, Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari bilan kuch sinashmoqda.

 Yoshlarimiz guruh bosqichidagi ikkinchi o‘yinini 12 yanvar kuni soat 18.15da (Toshkent vaqti bilan) xitoylik futbolchilarga qarshi o‘tkazadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net