O?zbekiston ot sporti vakillari Polshada o?tkazilgan xalqaro musobaqada munosib ishtirok etdi

12.12.2022 11:01

/“Dunyo” AA/. Polshaning Leshno shahri ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Miliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu  turnirda O‘zbekiston terma jamoasining sardori Bekzod Qurbonov oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.  

Quvonarlisi, yana bir hamyurtimiz Nurjan Tuyakbayev eng asosiy dastur – balandligi 150 santimetrni tashkil etgan to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida g‘alaba qozondi. Gran-pri maqomini olgan mazkur dasturda yuqori natijalar ko‘rsatib kelayotgan Nurjan Tuyakbayev “Lansellota” oti bilan  ishtirok etdi.

Endi terma O‘zbekiston ot sporti terma jamoasi aʼzolari 15-18 dekabr kunlari Polshaning Poznanda shahrida o‘tkaziladigan “3*Longines” musobaqasida qatnashadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net