O?zbek sport ustalari Peruda bo?lib o?tgan qilichbozlik bo?yicha Jahon kubogida oltin nishonni qo?lga kiritishdi

23.01.2023 16:38

/“Dunyo” AA/. Yakuniga yetgan haftada turli shaharlarda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasidan maʼlum qilinishicha, Peru mezbonlik qilgan yigitlar o‘rtasidagi sablya dasturida terma jamoamiz vakillari ham yakkalik, ham jamoaviy yo‘nalishda g‘alaba qozonishdi.

Shaxsiy birinchilikda Musa Aymuratov barcha raqiblarini katta ustunlik bilan dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur dasturda Islombek Abdazov va Azizbek Dauletnazarov bronza medallariga ega chiqishdi. Ushbu trioga qo‘shilgan Zuhriddin Qodirov jamoaviy dasturda oltin medal qo‘lga kiritilishiga katta hissa qo‘shdi.

Shpagachi qizlarimiz Isroil, yigitlarimiz Bahraynda o‘tgan bosqichda yakkalik bellashuvida chorak finalgacha yetib borishdi. Jamoaviy dasturda finalda mezbonlarga imkoniyatni boy bergan qizlarimiz kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsalar, yigitlarimiz musobaqani kuchli to‘rtlikda yakunlashdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net