OLIMPIADA YO?LLANMASINI QO?LGA KIRITISH UCHUN BOR IMKONIYATIMIZNI ISHGA SOLAMIZ - AZIZ G?ANIEV

23.01.2020 10:55

TOShKENT, 23 yanvar. /“Dunyo” AA/. Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. 22 yanvar kuni o‘tkazilgan yarim final o‘yinida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni olimpiyachilariga mag‘lub bo‘lgan edi.

Finalga yo‘l olgan Saudiya Arabistoni hamda Janubiy Koreya terma jamoalari  «Tokio-2020» yozgi Olimpiada o‘yinlariga Osiyo qit'asi uchun ajratilgan 3 ta yo‘llanmadan 2 tasini ega bo‘ldi. Oldinda 3-o‘rin uchun bahs bor va aynan shu o‘yinda g‘olib chiqqan jamoa uchinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Mazkur bellashuvda  O‘zbekiston olimpiyachilari Avstraliya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Vakillarimiz mazkur bahsga jiddiy hozirlik olib borishmoqda. Bu haqda terma jamoamiz yetakchilaridan biri Azizjon G‘aniev OFK veb-saytiga bergan interv'yusida aytib o‘tdi:

– Oldinda juda muhim va mas'uliyatli o‘yin kutib turibdi. O‘yinning ahamiyatini barchamiz yaxshi anglab turibmiz. Avstraliya bilan o‘yinda bor kuch va mahoratimizni ishga solib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. O‘zbekistonlik aziz muxlislarimizni bizni qo‘llashda davom etishlarini istardim. Ishoning, sizning daldangiz bizga yanada kuch beradi. Oldindagi muhim uchrashuvda siz – aziz ishqibozlarimizni xursand qilish uchun maydonda borimizni beramiz, – dedi futbolchi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net