Og?ir atletika bo?yicha O?zbekiston terma jamoasi aʼzosi Doston Yoqubov Qatarda 3 ta oltin medalni qo?lga kiritdi

03.01.2023 11:43

“Dunyo” AA/.  Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Doston Yoqubov 2023 yildagi ilk g‘alabasini Qatarda tantana qildi, deb xabar bermoqda  Dunyo AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra,  vakilimiz og‘ir atletika bo‘yicha Doxada o‘tkazilgan «Qatar kubogi» xalqaro musobaqada 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu turnirda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 150 nafarga yaqin mahoratli og‘ir atletikachi 10 ta vaznda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Doston Yoqubov dast ko‘tarishda 137 kg, siltab ko‘tarishda 175 kg va ikkikurash natijasiga ko‘ra 312 kg ko‘rsatkichga erishib, 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Dostonning ishonchli g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi.

Bugun, shuningdek, Qatar poytaxtida Osiyo og‘ir atletika konfederatsiyasining navbatdagi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Anjumanda keyingi to‘rt yillik muddatga qitʼa og‘ir atletikasining rahbar organi saylanadi. Shuningdek, yig‘ilishda joriy yil Xitoyda o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlaridagi og‘ir atletika musobaqasi jarayoni, qitʼa chempionatlari, Parij-2024 Olimpiadasining reyting turnirlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi.

Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net