Meksikada Svetlana Osipova sharafiga vatanimiz madhiyasi yangrab, hur bayrog?imiz ko?tarildi

19.11.2022 10:48

“Dunyo” AA/. Meksikada o‘tkazilayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz  Svetlana Osipova oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

+73 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Svetlana Osipova mMusobaqaning saralash bosqichidan so‘ng AQSH vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Svetlana Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini tomoshabinlar safiga kuzatib qo‘ydi.

 Svetlana Osipova ainalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun jang olib bordi. Murakkab bahsning birinchi raundi teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi raundlarda Svetlana ustunlikka erishdi va raqibasini 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.  

Taqdirlash marosimida Svetlananing g‘alabasi sharafiga 122 ta davlat vakillari guvohligida O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Hur bayrog‘imiz yuksaldi.  

Svetlanning ushbu g‘alabasidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish borasida 1 ta oltin, 1 kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoada kuchli beshlikka ko‘tarilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslari 20 noyabrga qadar davom etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net