KURASHCHILAR REYTING TIZIMI OSIYO QIT’ASIDAN BOSHLANADI

19.06.2019 12:55

Pattaya shahrida (Tailand) yoshlar o‘rtasida kurash bo‘yicha VI Osiyo chempionati doirasida Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasining (KSAO) III kongressi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda qit’amizning 20 ga yaqin davlati kurash federatsiyalari vakillari ishtirok etdi.

 Anjumanda Tailand kurash assotsiatsiyasi prezidenti, yoshlar o‘rtasida VI Osiyo chempionati o‘kazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita raisi Pulsak Sajathamnukul va Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi vitse-prezidenti Mirzaquli Qurbonov (Turkmaniston) mazkur xalqaro musobaqaga tayyorgarlik ishlari haqida hisobоt taqdim etdi.

 Ta’kidlash lozimki, dunyo sayyohlarining sevimli maskanlaridan biri hisoblanadigan Pattaya shahri mezbonligidagi VI Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etildi. Unda qit’amizning 20 ga yaqin davlatidan 200 dan ziyod yosh kurashchi g‘oliblik uchun gilamga tushmoqda.

 Kongressda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi (IKA) texnik direktori Rizo Nassiri so‘zga chiqib, Osiyo qit’asi kurash xalqaro oilasida eng kuchli konfederatsiyalaridan biri ekanini qayd etdi. IKA tomonidan dunyo kurashchilari reyting tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim sinov tariqasida Osiyo qit’asidan boshlanadi, deb ma’lum qildi u.

 Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi vitse-prezidentlari Samsudin (Indoneziya) va Kim Eur Jong (Koreya Respublikasi) lavozimlaridan ozod etildi.

 Kongressda Bangladesh Laos va Qirg‘iziston kurash federatsiyalari KSAO a’zoligiga qabul qilindi.

 Shuningdek, Kongress qit’amizda kurashni yanada rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilish maydoniga aylandi. Qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Bu yo‘nalishdagi harakatlar dasturi asosida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net