/“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik konkurchi (Ot sportidagi to‘siqlardan sakrash) Abdurahmon Abdullayev xalqaro musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.
Miliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida konkur bo‘yicha CSI*2 tasnifidagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Quvonarlisi, unda ishtirok etgan yurtdoshimiz Abdurahmon Abdullayev balandligi 145 smdan iborat to‘siqdan sakrash dasturida ikkinchi natijani ko‘rsatib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Oltin Gran-pri maqomidagi mazkur yo‘nalishda hamyurtimizga “Caballone” laqabli oti hamrohlik qildi. O‘zbekiston vakili faqatgina germaniyalik Devid Uillga imkoniyatni boy berdi. Kuchli uchlikni mezbonlar vakili Salim Al-Suvaydi yakunladi.