/“Dunyo” AA/. Bangladeshda plyaj voleyboli bo‘yicha xalqaro turnir nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Milliy olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga tayanib.
Musobaqalarda O‘zbekiston sharafini ikkita jamoa himoya qildi. Taʼkidlash joizki, yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan mamlakatimizning ikkala jamoasi keyin bronza medali uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Final uchrashuvida Shri-Lanka va Nepal sportchilari uchrashdi. Uning natijasiga ko‘ra, Shri-Lanka jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.