/“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Kecha qitʼa chempionatining kattalar o‘rtasidagi kumite yakka bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli kechgan janglarda O‘zbekiston terma jamoasi vakilllari Sadriddin Saymatov (-67 kg) va G‘ofurjon Zohidov (+84 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Bugun musobaqa doirasida jamoaviy yo‘nalishdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakilalari Eron, erkaklar terma jamoamiz esa Malayziya vakillariga qarshi jang tatamisiga chiqishadi.