
Dunyoning 16 ta terma jamoasi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada “Anvonted boys” jamoasi musobaqaning dastlabki turida Saudiya Arabistoni ustidan 4:3 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda afsuski, AQSH termasiga 6:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi “Anvonted Boys“ 7 yanvar kuni Peru terma jamoasi bilan pley-off bosqichiga o‘tish uchun raqobatlashadi.


Ma’lumot o‘rnida: sobiq ispaniyalik futbolchi Jerar Pike tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musobaqa 12 yanvar kuniga qadar davom etadi. Musobaqaning final o‘yini Turin shahridagi “Yuventus” klubining “Alyans” stadionida o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA