DXX kubogi final o?yinlari uchun qur’a tashlandi

22.08.2022 11:53

 

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida Davlat xavfsizlik xizmati kubogining final o‘yinlari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

DXX tashabbusi bilan 2021 yilda ilk marta respublikamizning barcha tuman, shahar va viloyatlari kesimida uyushmagan, ishsiz hamda kam ta’minlangan yoshlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha DXX Raisi kubogi musobaqalari tashkil etildi. Unda 7 779 ta jamoa vakillari nufuzli kubokni qo‘lga kiritish uchun uchrashdilar.

Yoshlar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘lgan mazkur sport tadbirini an’anaviy tarzda o‘tkazish va nufuzini yanada oshirish uchun keyingi yillardan boshlab futbol bo‘yicha ham musobaqalarni tashkil etish kabi muhim vazifalar belgilab olingan edi.

Shu maqsadda, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda o‘tkazib kelinmoqda, ya’ni:

birinchi bosqich – yoshlar o‘rtasida tuman/shahar musobaqalari (aprel-may oylarida o‘tkazildi);

ikkinchi bosqich – tuman/shahar g‘oliblari o‘rtasida DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshlig‘i kubogi musobaqalari (iyun-iyul oylarida o‘tkazildi);

Ikkita bosqich bo‘yicha umumiy ishtirokchilar soni 205 ta tuman-shaharlardagi 18 629 ta jamoani (mini-futbol – 9 348 ta va futbol 9 281 ta) tashkil etdi va unda jami 241 976 nafar yosh qamrab olindi.

DXX kubogi musobaqasining viloyat bosqichi yakuni bo‘yicha 792 nafar iqtidorli yosh aniqlangan bo‘lib, hozirda ularni mahalliy futbol klublariga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.

Respublikaning barcha viloyatlarida musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilarni taqdirlash marosimlari bayramona ruhda, hudud sektor va idora/tashkilotlar rahbarlari hamda taniqli estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari ko‘rinishida tashkil etilib, tashrif buyurgan 128 ming nafar mahalliy aholi kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

uchinchi (final) bosqich – viloyat g‘oliblari o‘rtasida DXX kubogi uchun  respublika bosqichi musobaqalari 21 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari (umumiy 28 ta jamoa) poytaxtimizga yetib keldi hamda kur’a natijalari va bevosita o‘yinlarni intizorlik bilan kutmoqda.

Ishtirokchilarning o‘yinlardan tashqari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirish, madaniy-ma’rifiy saviyalarini yuksaltirish maqsadida har kuni Toshkent shahridagi muzey, istirohat bog‘lari va boshqa diqqatga sazovor joylarga tashrifini uyushtiriladi, shuningdek mashhur o‘zbek futbolchilari hamda murabbiylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

DXX kubogi musobaqalariga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, uyushmagan va kam ta’minlangan (shu jumladan, olis va chekka hududlarda joylashgan) 16-30 yoshdagi yoshlar jalb qilinib, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, futbol va mini-futbol sport turlarini rivojlantirish hamda joylarda yangi iqtidorlarni aniqlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Bularning barchasi respublikamizda va Davlat xavfsizlik xizmatida yoshlar sportiga qaratilayotgan e’tibor va ularga yaratilayotgan ko‘plab imkoniyatlar o‘z samarasini berishi shubhasiz.

Mazkur musobaqalar Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi va  O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Respublika bosqichi o‘yinlari - futbol bo‘yicha guruh, mini-futbol bo‘yicha guruh va final uchrashuvlari “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli sun’iy qoplamali maydonlarida, futbolning final uchrashuvini poytaxtimizdagi “JAR” stadionida o‘tkaziladi.

Respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni - O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida sovrindor jamoalarni (1-, 2-, 3- va 4-o‘rinlar) bir haftaga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi ta’sischiligidagi “Shafran” tog‘-kurort kompleksida dam olishi tashkil etiladi.

Futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘oliblar mahallasiga mini-futbol maydonlari, 2-o‘ringa universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3- va 4-o‘rinlarni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydonlarini barpo etiladi.

Futbol va mini futbol bo‘yicha musobaqalar 22 avgust kuni start oladi.

 

 

Muhammad AMIN (surat),O‘zA 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net