/“Dunyo” AA/. BAAning Al-Ayn shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI3* xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.
Milliy Olimpiya qo‘mitasidan olingan maʼlumotga ko‘ra, mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev 4-klass toifasida 2 fazali to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida g‘alaba qozondi.
“Quintair” laqabli otda harakat qilgan hamyurtimiz mashqni 31,7 soniyada bajarishga erishdi.
Ushbu yo‘nalishda ikkinchi o‘rin mezbon sportchi Salim Al Suvaydiga («Diamond way») nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni avstriyalik Gerfirid Puk («Equitron melody») egalladi.