AQSHning Leyk-Plesid shahrida qishki Universiada o?yinlari boshlandi

13.01.2023 11:17

/“Dunyo” AA/. AQSHning Leyk-Plesid shahrida XXX qishki Universiada o‘yinlari boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Miliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Universiadaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etayotgan 46 ta mamlakat sport delegatsiyasi o‘z davlati bayrog‘i bilan sport maydoni bo‘ylab harakatlandi. Shular qatorida  o‘zbekistonlik sportchi-talabalar ham Vatanimiz bayrog‘ini tantanali ravishda olib o‘tishdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimidan avval O‘zbekistonning AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Javlon Vahobov ushbu shaharga tashrif buyurib, delegatsiyamiz vakillari bilan uchrashdi.

Elchi hamyurtlarimiz bilan yaqindan suhbatlashib, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, elchixona vatandoshlarimiz uchun qo‘shimcha sharoitlarni yaratishga tayyor ekanini bildirdi va bo‘lajak bellashuvlarda sportchilarimizga omad tiladi.

«Qishni asraylik!» shiori ostida o‘tayotgan joriy Universiada o‘yinlarida dunyo mamlakatlarining 540 dan ortiq universitet va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 1443 nafar talaba-sportchisi qatnashmoqda. Mazkur Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston talaba-sportchilarining 13 nafari uchta sport turi bo‘yicha Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Bugun bir qator sport turlarida, jumladan, vakillarimiz qatnashadigan snobuord va tog‘ chang‘isi yo‘nalishlarida dastlabki saralash bahslari o‘tkaziladi.

Qishki Universiada o‘yinlari 22 yanvarga qadar davom etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net