Antidoping bo?yicha hamkorlik kengaymoqda

15.08.2022 16:11

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi 2018 yildan boshlab o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Shu kunga qadar bir qator xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti davlatlardagi milliy antidoping agentliklari faoliyatini tizimli tarzda monitoring qilib keladi.

Shu kunlarda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkilotlari (RADOCA) direktori Venera Abdulla boshchiligidagi ishchi guruh O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi faoliyatini auditdan o‘tkazish hamda kelajakdagi rejalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida agentlik faoliyati bo‘yicha 2019-2021 yillar hisoboti tinglanadi. Agentlikni 2022 yilga qo‘yilgan rejalar haqida muloqot olib boriladi, deyiladi Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabarida.

O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net