2021 YIL TOSHKENTDA DZYUDO BO?YICHA JAHON CHEMPIONATI O?TKAZILADI

15.01.2020 10:19

TOShKENT, 15 yanvar. /“Dunyo” AA/. Toshkentda mamlakatimizda bo‘lib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
 
Tadbirda 2021 yil O‘zbekistonda kattalar o‘rtasida jahon chempionati hamda Xalqaro dzyudo federatsiyasining yillik kongressini o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

 Mazkur hujjatga ko‘ra, poytaxtimizdagi muhtasham “Humo Arena” majmuasi dunyo dzyudo yulduzlarini jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritish uchun tashkil qilinadigan bellashuvlarda jam qiladi. 

Shuningdek, tadbir doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasining “Maktablarda dzyudo” dasturini amalga oshirishga bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra Xalqaro dzyudo federatsiyasi homiyligida respublika o‘rta maktablarida 40 dan ziyod sport to‘garagi sportsevar yoshlar uchun faoliyat ko‘rsata boshlaydi. To‘rt tomonlama hujjatga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri  Dilmurod Nabiev, Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov va  Marius Vizer imzo chekdi.  

Marius Vizer ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga  javob berar ekan, Toshkent shahriga nufuzli musobaqa mezbonligining berilishi uchun ko‘plab asoslar mavjudligini ta'kidlab o‘tdi. Xususan, o‘tgan yil aynan  “Humo Arena”da Toshkent Grand-prisi yuqori saviyada va muvaffaqiyatli tarzda tashkil etilgani qator xalqaro sport ekspertlari va  Xalqaro dzyudo federatsiyasi mutasaddilarining ijobiy e'tirofini qozongan edi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net