Sodiq Safoyev: Konstitutsiyaga kiritish taklif qilinayotgan o?zgartish va tuzatishlar o?zbek jamiyati hayotining asosiy tamoyillarini, uning dunyoviy va demokratik xarakterini mustahkamlaydi

20.07.2022 19:33

TOSHKENT, 20-iyul. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning «The Korea Times» gazetasida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda shu kunlarda O‘zbekistonda amaldagi Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha muhim siyosiy jarayon kechayotgani qayd etilgan.

Muallif konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatni yana-da demokratlashtirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish uchun huquqiy asos yaratishini taʼkidlagan.

“1992 yilda, mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan va o‘tgan davrlarning ko‘plab mafkuraviy talablarini o‘zida mujassam etgan amaldagi Konstitutsiyani jamiyat taraqqiyotining zamonaviy qarashlariga mos ravishda yangilashga ehtiyoj sezilmoqda, – deb yozadi Sodiq Safoyev. — Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Respublika Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish mamlakat parlamenti orqali ham amalga oshirilishi mumkin edi. Biroq Prezident Shavkat Mirziyoyev irodali va uzoqni ko‘ra bilangan qabul qilib, umumxalq referendumini o‘tkazish zarurligini taʼkidladi. Bu esa butun O‘zbekiston xalqiga umumxalq muhokamasida ishtirok etib, konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha o‘z fikrini bildirish imkoniyatini berdi”.

Maqolada Konstitutsiyaga kiritish taklif qilinayotgan o‘zgartish va tuzatishlar o‘zbek jamiyati hayotining asosiy tamoyillarini, uning dunyoviy va demokratik xarakterini mustahkamlashi urg‘ulangan.

“Konstitutsiya davlat boshqaruvi tizimini markazsizlashtirish, hududlarning mustaqilligini oshirish, jumladan, ichki va xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish sohasida ham mustahkam huquqiy asos yaratadi, - deya taʼkidlaydi Sodiq Safoyev. – Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda, yangi Konstitutsiyaning vazifasi xususiy mulk huquqlarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlash, agrar islohotlarni amalga oshirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratishdan iborat”.

Qayd etilishicha, Yangi O‘zbekistonning barpo etilishida hal qiluvchi omillardan biri uning dunyoga ochiqligidir. Islohotlarning o‘tgan yillarida mamlakatning yangilangan tashqi siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

“Ayni paytda mintaqamizda va butun dunyoda vaziyat tez o‘zgarmoqda, bu esa tashqi siyosatimizni munosib takomillashtirishni taqozo etmoqda, – deb yozadi muallif. – Birinchidan, mintaqadagi mavjud ijobiy tendensiyalarni, Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikning uzluksiz rivojlanishini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi asosiy vazifa mintaqani xavfsiz, barqaror rivojlanish, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik hududiga aylantirishdan iborat. Ikkinchidan, ekologiya diplomatiyaning asosiy ustuvor yo‘nalishiga aylanishi kerak. Uning mohiyati xalqaro tashabbuslarni ilgari surish va atrof-muhitni muhofaza qilish, keskinlashib borayotgan global va mintaqaviy ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘p tomonlama dasturlarni amalga oshirishdan iborat”.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net