SLOVAKIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

12.02.2019 15:17

2019-yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yan Bori bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-Slovakiya muloqotining hozirgi holati muhokama qilindi va 2019-yili munosabatlarni rivojlantirish istiqbollariga asosiy urg‘u berildi.

 Turli darajalardagi aloqalar va o‘zaro hamkorlik institutlarini faollashtirishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi raundi, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha idoralararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi.

 Ta’kidlanganidek, 2018-yil 27-28-fevral kunlari Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan “Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo” shaklidagi birinchi mintaqalararo vazirlar uchrashuvi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash uchun yangi istiqbollarni ochdi. O‘zbekiston tomoni ushbu shakldagi ikkinchi uchrashuvni Toshkent shahrida kelishilgan muddatlarda tashkil etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

 Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net